Янгиликлар
Er-xotinning o‘zaro roziligi bo‘lganda fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida nikohdan ajratish
Er-xotinning o‘zaro roziligi bo‘lganda fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida nikohdan ajratish
O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 42-moddasiga asosan-Voyaga yetmagan bolalari bo‘lmagan er-xotin nikohdan ajratishga o‘zaro rozi bo‘lsalar, ular nikohdan fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida ajratiladi.
Er-xotin o‘rtasida mehnatga layoqatsiz muhtoj er yoki xotinga moddiy ta’minot berish to‘g‘risida yoki ularning birgalikdagi umumiy mulki bo‘lgan mol-mulkni bo‘lish to‘g‘risida nizo bo‘lgan taqdirda er-xotin yoki ulardan biri nikohdan ajratish to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat etishga haqli.
Parkent tumani adliya bo‘limi YuXKM
bosh yuristkonsulti D.P.Tojiboev