Янгиликлар
30
Oʼtgan yilgi yoki undan oldingi yillardagi foydalanilmagan taʼtillardan foydalanish mumkinmi?
Oʼtgan yilgi yoki undan oldingi yillardagi foydalanilmagan taʼtillardan foydalanish mumkinmi?
Har yilgi mehnat taʼtili har yili, ushbu taʼtil berilayotgan ish yili tugaguniga qadar berilishi kerak. (MK 230-modda 1-qism)
Mehnat kodeksining 230-moddasi 2-qismiga aosan Ishlab chiqarish xususiyatiga ega sabablarga koʼra joriy yilda har yilgi mehnat taʼtilini toʼliq berish imkoni boʼlmagan alohida hollarda xodimning roziligi bilan taʼtilning oʼn toʼrt kalendarь kundan ortiq boʼlgan qismi keyingi ish yiliga koʼchirilishi mumkin boʼlib, ushbu yil davomida undan foydalanilishi shart. Yaʼni xodim har yili taʼtilining maʼlum qismidan foydalanishi shart.
Oʼtgan yilgi taʼtilni bu yilgi taʼtilga qoʼshib yuborish mumkinmi? Mehnat kodeksida bu masala yuzasidan taʼqiq mavjud emas. Xodim ish beruvchi bilan kelishib oʼtgan yilgi taʼtilni bu yilgi taʼtilga qoʼshib olsa boʼladi.
Xodim masalan tugʼriq taʼtilada boʼlib yoki mehnatga layoqatsizlik taʼtilida boʼlib yillik taʼtilga ish beruvchi tomonidan chiqarilmadi. (Аslida bu qonun buzilishi) bunday holatda foydalanilmagan taʼtil yoʼq boʼlib ketmaydi.
Kodeksning 234-moddasiga asosan Mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodimga barcha foydalanilmagan har yilgi asosiy va qoʼshimcha mehnat taʼtillari uchun pulli kompensatsiya toʼlanadi.
Ohangaron shahar adliya
bo’limi YXKM bosh yuristkonsulti B.Hamroyev