Янгиликлар
30
Shaxsning shaʼnini va qadr-qimmatini kamsituvchi hamda inson hayotining sir tutiladigan tomonlarini aks ettiruvchi maʼlumotlarni oshkor qilish jinoiy javobgarlikka sabab boʼladi
Shaxsning shaʼnini va qadr-qimmatini kamsituvchi hamda inson hayotining sir tutiladigan tomonlarini aks ettiruvchi maʼlumotlarni oshkor qilish jinoiy javobgarlikka sabab boʼladi
Jinoyat kodeksining 141³-moddasiga koʼra, shaxs tanasining va (yoki) jinsiy aʼzolarining yalangʼoch holdagi foto- va (yoki) videotasvirini oʼz ichiga olgan axborotni uning roziligisiz tarqatish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmogʼida tarqatish yoxud bunday axborotni tarqatish bilan qoʼrqitish, —
Bazaviy hisoblash miqdorining toʼrt yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Ohangaron shahar adliya
bo’limi YXKM bosh yuristkonsulti B.Hamroyev