Янгиликлар
SOLIQ TO’LOVLARI VАFOT ETGАN OTАMNING NOMIGА KELMOQDА QАNDАY QILIB OʼZIMNING NOMIMGА OʼTKАZSАM BOʼLАDI?
SOLIQ TO’LOVLARI VАFOT ETGАN OTАMNING NOMIGА KELMOQDА QАNDАY QILIB OʼZIMNING NOMIMGА OʼTKАZSАM BOʼLАDI?
Soliq kodeksining 133-moddasi uchinchi qismiga muvofiq, koʼchmas mulkka boʼlgan huquqni davlat roʼyxatidan oʼtkazishni amalga oshiruvchi organlar tegishli hududda joylashgan yer uchastkasi va boshqa koʼchmas mol-mulk, ularning mulkdorlari (egalari) toʼgʼrisidagi axborotni davlat soliq organlariga real vaqt rejimida yelektron shaklda taqdim yetishi shart.
Shunga koʼra, marhumga tegishli koʼchmas mulk obyektiga boshqa fuqaroga biriktirish boʼyicha koʼchmas mulkka boʼlgan huquqni davlat roʼyxatidan oʼtkazishni amalga oshiruvchi organlarga murojaat qilishingiz lozim. Marhumga tegishli boʼlgan koʼchmas mulk obyektiga nisbatan huquqlar qonunchilikka muvofiq notarial meros ishlari yakunlangandan keyin yoki sud qaroriga koʼra boshqa fuqaroga oʼtadi. Shu sababli fuqaroga avval koʼchmas mulkka nisbatan meros ishi bilan shugʼullanishingiz, undan keyin kadastr organiga murojaat qilishingiz lozim.
Ohangaron shahar adliya
bo’limi YXKM bosh yuristkonsulti B.Hamroyev