Янгиликлар
30
Mehnat taʼtili puli qachon toʼlanishi kerak?
Mehnat taʼtili puli qachon toʼlanishi kerak?
Mehnat kodeksining 233-moddasiga aosan Har yilgi mehnat taʼtili vaqti uchun haq toʼlash jamoa shartnomasida, ichki hujjatlarda yoxud mehnat shartnomasida belgilangan muddatlarda, biroq taʼtil boshlanguniga qadar oxirgi ish kunidan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Kechiksa kompensatsiya toʼlanadimi?
Аlbatta toʼlanishi kerak. Mehnat kodeksining 333-moddasiga asosan Ish beruvchi ish haqini, taʼtil toʼlovlarini, mehnat shartnomasi bekor qilingandagi toʼlovlarni va (yoki) xodimga toʼlanishi lozim boʼlgan boshqa toʼlovlarni toʼlash muddatini buzgan taqdirda, ularni toʼlov muddatidan keyingi kundan eʼtiboran to haqiqatda hisob-kitob qilingan kunni oʼz ichiga olgan muddatgacha har bir kechiktirilgan kun uchun Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy bankining oʼsha vaqtda amalda boʼlgan qayta moliyalashtirish stavkasidan kelib chiqqan holda foizlar (pulli kompensatsiya) bilan birga toʼlashi shart.
Ohangaron shahar YXKM boshlig’i B.O’smonov