Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

Nikoh tuzishga monelik qiladigan holatlar mavjud bo‘lganda tuzilgan nikohni haqiqiy emas deb topish


Nikoh tuzishga monelik qiladigan holatlar mavjud bo‘lganda tuzilgan nikohni haqiqiy emas deb topish

 O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 52-moddasiga asosan-Oila Kodeksning 16-moddasida ko‘rsatilgan holatlar mavjud bo‘lganda tuzilgan nikoh haqiqiy emas deb topiladi.

Agar ish hal qilinish paytigacha nikohni tuzish uchun monelik qiladigan holatlar tugagan bo‘lsa, sud nikohni o‘sha holatlar tugagan paytdan boshlab haqiqiy deb topishga haqli.

Oila Kodeksning 16-moddasida ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha nikohni haqiqiy emas deb topishni er-xotin, shu nikohning tuzilishi natijasida huquqlari buzilgan shaxslar, shuningdek vasiylik va homiylik organi hamda prokuror talab qilishga haqlidir.

Muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxs bilan tuzilgan nikohni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi ishni sud vasiylik va homiylik organining ishtirokida ko‘rib chiqadi.

Parkent tumani adliya bo‘limi YuXKM

bosh yuristkonsulti                D.P.Tojiboev