Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining maqsad va vazifalari.





Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining
maqsad va vazifalari.

Prezidentning 2022 yil 1 martdagi Farmoni bilan “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi” “Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi” sifatida qayta tashkil etilgan edi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil
4 noyabrdagi 645-sonli qarori bilan Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.
Nizomga ko‘ra, Jamg‘armaning asosiy maqsadi xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, jumladan:
- og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga moddiy yordam ko‘rsatish;
- oilaviy va xususiy tadbirkorlik, hunarmandchilikni tashkil etishda ko‘maklashish;
- mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni egallashda ularga ko‘maklashish va rag‘batlantirishdan iborat.
Og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan, shu jumladan, nogironligi bo‘lgan, kam ta’minlangan oilalardagi xotin-qizlarni moddiy qo‘llab-quvvatlash Jamg‘arma mablag‘lari sarflanadigan asosiy yunalishlardan biri hisoblanadi.


Ohangaron shahar adliya boʻlimi
YUXKM boshlig’i B.Oʻsmonov