Янгиликлар
30
Inson o‘z familiya, ism, ota ismini o‘zgartirishi uchun quyidagi tartibga amal qilishi lozim:
Inson o‘z familiya, ism, ota ismini o‘zgartirishi uchun quyidagi tartibga amal qilishi lozim:
“Familiya, ism, ota ismini o‘zgartirish haqida FHDYo organiga belgilangan shaklda ariza bilan murojaat etiladi. Arizachi voyaga yetmagan hollarda (16 yoshdan 18 yoshgacha) familiya, ism, ota ismini o‘zgartirish uchun ota-onasining yozma rozilik arizasi olinishi lozim. Ishonchnoma orqali familiya, ism, ota ismini o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
FHDYo organi:
familiya, ism, ota ismini o‘zgartirish haqida arizani shu kunning o‘zida alohida ro‘yxatga olish daftariga kiritadi;
familiya, ism, ota ismini o‘zgartirish bo‘yicha ariza va to‘plangan hujjatlar yig‘majildi maxsus tekshirish o‘tkazib, xulosa berish uchun IIB ga yuboriladi;
arizaga ilova etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqib, ichki ishlar bo‘limining xulosasiga asosan FHDYo bo‘limi mudiri arizachining familiya, ism, ota ismini o‘zgartirish yoki rad etish to‘g‘risida asoslantirilgan xulosa tuzadi;
xulosaga ko‘ra tegishli (arizachining nikoh tuzilganligi yoki nikohdan ajralganligi, voyaga yetmagan bolalarining tug‘ilganligi haqidagi) dalolatnoma yozuvlariga arizachining o‘zgartirilgan familiya, ism, ota ismi kiritilib, ular asosida yangi guvohnomalar (qayta davlat boji undirilmasdan) beriladi.
familiya, ism, ota ismini o‘zgartirganlik to‘g‘risida IIB ga va tuman mudofaa bo‘limiga (fuqaro harbiy burchli bo‘lgan hollarda) 7 kun ichida xabar beriladi.
Familiya, ism, ota ismini o‘zgartirgan shaxs FHDYo organiga bu masalada ikkinchi marta ariza bilan oradan bir yil o‘tgandan so‘ng murojaat etishi mumkin”.
Shu va boshqa ko‘plab huquqiy savollarga 24 soat ichida javob beriladi. Buning uchun siz kanalga a’zo bo‘lib, uning infosida yozilgan muallifning “lichkasi”ga savol yo‘naltirishingiz kerak.
Quyi Chirchiq tumani Adliya bo‘limi
Yuridik xixmat ko‘rsatish markazi
bosh yuriskonsul’ti To‘ramurod Chegaboev