Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

Bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha ota-onaning huquq va majburiyatlari


Bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha ota-onaning huquq va majburiyatlari

O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 74-moddasiga asosan-Bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish ularning ota-onasi zimmasiga yuklatiladi.

Ota-ona o‘z bolalarining qonuniy vakillari hisoblanadilar hamda har qanday jismoniy va yuridik shaxslar bilan bo‘lgan munosabatlarda, shu jumladan sudda alohida vakolatsiz ularning huquq va manfaatlarini himoya qiladilar.

Vasiylik va homiylik organi tomonidan ota-ona va bolalar manfaatlari o‘rtasida qarama-qarshilik borligi aniqlanganda, ota-ona o‘z bolalarining manfaatlarini himoya qilishga haqli emas. Ota-ona va bolalar o‘rtasida kelishmovchiliklar mavjud bo‘lganda vasiylik va homiylik organi bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun vakil tayinlashi shart.

Parkent tumani adliya bo‘limi YuXKM

bosh yuristkonsulti                D.P.Tojiboev