Янгиликлар
30
Hukumat qarori (538-son, 13.10.2023y.) bilan “Tadbirkorlik sub’yektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga qo‘shimchalar kiritildi
Hukumat qarori (538-son, 13.10.2023y.) bilan “Tadbirkorlik sub’yektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga qo‘shimchalar kiritildi
Unga ko‘ra, tadbirkorlik sub’yektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimida hunarmandchilik faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha hunarmandchilik sub’yektlari hisoblangan yakka tartibdagi tadbirkorlarni ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonida ariza beruvchilar xohishiga ko‘ra “Hunarmand” uyushmasiga a’zo bo‘lish haqidagi arizasini “Hunarmand” uyushmasiga kompozit usulda yuborish imkoniyati yaratiladi.
Shuningdek, “Hunarmand” uyushmasiga hunarmandchilik sub’yektlari hisoblangan yakka tartibdagi tadbirkorlarni ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonida ariza beruvchilarning “Hunarmand” uyushmasiga a’zo bo‘lish haqida Tadbirkorlik sub’yektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimi orqali berilgan arizalarini qabul qilish va natijasini mazkur tizim orqali yuborish yo‘lga ko‘yiladi.
Quyi Chirchiq tumani bosh yuriskonsul’ti T. Chegaboyev.