Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

Bobo, buvi, aka-uka, opa-singil va boshqa yaqin qarindoshlarning bola bilan ko‘rishib turish huquqi


Bobo, buvi, aka-uka, opa-singil va boshqa yaqin qarindoshlarning bola bilan ko‘rishib turish huquqi

O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 77-moddasiga asosan-Bobo, buvi, aka-uka, opa-singil va boshqa yaqin qarindoshlar bola bilan ko‘rishib turish huquqiga ega.

Ota-ona (ulardan biri) yaqin qarindoshlarning bola bilan ko‘rishishiga imkoniyat bermasalar, vasiylik va homiylik organi ota-onani (ulardan birini) bunday imkoniyat berishga majbur qilishi mumkin.

Agar ota-ona (ulardan biri) vasiylik va homiylik organining qarorini bajarmasa, bolaning yaqin qarindoshlari yoki vasiylik va homiylik organi bola bilan ko‘rishib turishga to‘sqinlik qiluvchi hollarni bartaraf qilish haqida da’vo bilan sudga murojaat qilishga haqlidir. Sud bolaning manfaatlarini va bolaning fikrini hisobga olgan holda nizoni hal qiladi.

Sudning hal qiluv qarori bajarilmagan taqdirda aybdor ota (ona)ga nisbatan qonunchilikda nazarda tutilgan choralar qo‘llaniladi.

Parkent tumani adliya bo‘limi YuXKM

bosh yuristkonsulti                D.P.Tojiboev