Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

Ota-onalik huquqini himoya qilish


Ota-onalik huquqini himoya qilish

O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 78-moddasiga asosan-Ota-ona bolani qonunga asoslanmasdan ushlab turgan har qanday shaxsdan uning qaytarilishini talab qilishga haqli. Nizo chiqqan taqdirda, ota-ona o‘z huquqlarini himoya qilish uchun sudga murojaat qilishga haqli. Bu talablarni ko‘rishda sud bolani ota-onasiga qaytarish uning manfaatlariga zid degan xulosaga kelsa, bolaning fikrini hisobga olgan holda ota-onaning da’vosini rad qilishga haqli.

Agar sud ota-ona ham, bolani o‘z qaramog‘iga olgan shaxs ham bolaga lozim darajada tarbiya berishni hamda uni kamolotga yetkazishni ta’minlay olmaydilar, deb topsa, bolani vasiylik va homiylik organi qaramog‘iga olib beradi.

Parkent tumani adliya bo‘limi YuXKM

bosh yuristkonsulti                D.P.Tojiboev