Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

My.gov.uz portalida yoshlar uchun yana bir qulaylik yaratildi


My.gov.uz portalida yoshlar uchun yana bir qulaylik yaratildi

Endilikda, xalqaro imtihon topshirish xarajatlarini qoplab berish bo‘yicha xabarnoma olgan yoshlar yoki ularning ota-onalari bank kassalariga borib navbat kutishiga aslo hojat yo‘q.
Ular uchun my.gov.uz portalida yangi qulaylik yaratildi.
Shaxsiy kabinetga xalqaro imtihon xarajatlarini qoplab berish bo‘yicha xabarnoma yoki SMS kelgach:
“davlat xizmatini davom ettirish” tugmasi bosiladi;
bank plastik karta raqami kiritiladi;
“yuborish” tugmasi bosiladi.
Talabgorga pul mablag‘i 1 bank kuni davomida (soat 9-00 dan 17-00 ga qadar) o‘tkazib beriladi.
Ma’lumot o‘rnida: 2021-yil 1-maydan 5 turdagi, 2022-yil 1-yanvardan 13 turdagi (jami 18 turdagi) xalqaro imtihon tizimlarida yuqori natijaga erishgan yoshlarning imtihon xarajatlari qoplab berilmoqda.
Bugunga qadar mazkur tizim orqali 18 000 dan ortiq yoshning imtihon xarajatlari qoplab berildi.



Quyi Chirchiq tumani bosh yuriskonsul’ti T. Chegaboev.