Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

Ota-onalik huquqini tiklash


Ota-onalik huquqini tiklash

O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 82-moddasiga asosan-Ota-ona (ulardan biri) o‘z xulq-atvorini, turmush tarzini va (yoki) bola tarbiyasiga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirgan hollarda ota-onalik huquqi tiklanishi mumkin.

Ota-onalik huquqini tiklash ota-onalik huquqidan mahrum qilingan ota-onaning (ulardan birining) da’vosiga binoan sud tartibida amalga oshiriladi. Ota-onalik huquqini tiklash to‘g‘risidagi ishlar vasiylik va homiylik organining, shuningdek prokurorning ishtirokida ko‘rib chiqiladi.

Ota-onaning (ulardan birining) ota-onalik huquqini tiklash to‘g‘risidagi da’vosi bilan birga bolani ota-onaga (ulardan biriga) qaytarish to‘g‘risidagi talabi ham ko‘rib chiqilishi mumkin.

Agar ota-onalik huquqining tiklanishi bola manfaatlariga zid bo‘lsa, sud bolaning fikrini hisobga olgan holda ota-onaning (ulardan birining) ota-onalik huquqini tiklash to‘g‘risidagi da’vosini qanoatlantirishni rad qilishga haqlidir.

O‘n yoshga to‘lgan bolaga nisbatan ota-onalik huquqining tiklanishiga faqat uning roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi.

Bola farzandlikka olingan va farzandlikka olish bekor qilinmagan bo‘lsa, ota-onalik huquqini tiklashga yo‘l qo‘yilmaydi.

Parkent tumani adliya bo‘limi YuXKM

bosh yuristkonsulti                D.P.Tojiboev