Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

Mehnat kodeksiga muvofiq o`rindoshlik asosida ishlash tartibi qanday?


Mehnat kodeksiga muvofiq o`rindoshlik asosida ishlash tartibi qanday?

Mehnat kodeksining 435-moddasiga asosan o‘rindoshlik asosida ishga qabul qilish mehnat shartnomasi asosida amalga oshiriladi va ish beruvchining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi. Asosiy ish to‘g‘risida ish beruvchi bilan mehnat shartnomasini tuzgan xodimning ichki o‘rindoshligi chog‘ida xodim bilan o‘rindoshlik asosida ishlash to‘g‘risida alohida mehnat shartnomasi tuziladi.

O‘rindoshlik asosida ishlash to‘g‘risidagi mehnat shartnomalari, agar bu qonunchilikka zid bo‘lmasa, bir yoki bir nechta ish beruvchi bilan tuzilishi mumkin.

O‘rindoshlik asosida ishlash to‘g‘risida tuzilgan mehnat shartnomasida ish o‘rindoshlik asosida bajarilayotganligi ko‘rsatilishi shart.

O‘rindoshlik asosida ishga qabul qilinayotgan shaxslar bilan muddatli mehnat shartnomasi tuzilishi mumkin.

O‘rindoshlik asosida ishlash to‘g‘risidagi mehnat shartnomasida Mehnat Kodeksning 104-moddasida nazarda tutilgan shart-sharoitlar bilan bir qatorda ish vaqtining davomiyligi va o‘rindoshlik asosida ishlash tartibi ko‘rsatiladi.

 

 

Yangiyo`l tuman adliya bo`limi yuridik xizmat

ko`rsatish Markazi bosh yuriskonsulti                                I.Roziqov