Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

Bolani tug'ilganlik guvohnomasidagi texnik xatolarni to'g'rilash uchun qaytadan davlat boji to'lanadimi?


Bolani tug'ilganlik guvohnomasidagi texnik xatolarni to'g'rilash uchun qaytadan davlat boji to'lanadimi?

 

Bunday texnik xatoliklar amaliyotda uchrab turadi. Bundan foydalangan ba`zi FHDYO xodimlari sizdan shuncha bo'ldi deb tabassum bilan qarab turaveradi gohida. Aslini olganda qonunchilikda bu narsa ko'rsatilmagan.

O'zbekiston Respublikasiningning "Davlat boji to'g'risida" gi qonunning
12-moddasiga ko'ra, jismoniy shaxslar — tug'ilish, o'lim qayd etilganligi uchun, ularga farzandlikka olingan, otalik belgilangan, jinsi o'zgartirilgan hollarida, shuningdek fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish chog'ida yo'l qo'yilgan xatolar munosabati bilan tug'ilganlik to'g'risidagi hujjatlar yozuvlari o'zgartirilgan, to'ldirilgan va tuzatilgan taqdirda guvohnomalar berganlik uchun davlat boji undirilmasligi belgilangan.

Agar siz farzandingizning tug'ilganlik guvohnomasida xatoliklarni to'grilatmoqchi bo'lsangiz, uni to'g'rilatish uchun davlat boji to'lamaysiz.

 

Yangiyo`l tumani Yuridik                                              

xizmat ko`rsatish markazi                                              X.Rahimov

bosh yuriskonsulti