Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

Bir oylik armiyaga majburan olib ketishlari to‘gʻrimi?


Bir oylik armiyaga majburan olib ketishlari to‘gʻrimi?

“Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi Qonunning
6-moddasiga asosan safarbarlik chaqiruvi rezervi (bir oylik harbiy yig‘in)dagi xizmat safiga shaxslar yigirma yetti yoshga to‘lgunga qadar olinadilar va har yilgi harbiy yig‘inlarga jalb etilishlari mumkin, favqulodda vaziyatlar yoki O‘zbekiston Respublikasiga qarshi harbiy tajovuz ro‘y bergan taqdirda esa haqiqiy harbiy xizmatga chaqiriladilar.

Shuningdek, ushbu Qonunning 21-moddasiga ko‘ra chaqiriluvchilarning muddatli harbiy xizmatga, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga chaqirilish muddatini kechiktirish hududiy komissiyaning qarori asosida ularning oilaviy sharoitiga ko‘ra, salomatligiga ko‘ra, o‘qishni davom ettirishi uchun amalga oshiriladi.

Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan chaqiriluvchilar, shuningdek oliy ta’lim muassasalarida kunduzgi o‘qishda tahsil olayotgan talabalar o‘qishni davom ettirishlari uchun ularning chaqirilish muddati o‘qishni tamomlagunlariga qadar kechiktiriladi.

Yana bir muhim jihati shundaki, oliy ta’lim muassasalaridagi ta’limning kunduzgi va kechki shaklida tahsil olayotgan talabalar o‘z roziligi bilan safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatiga olinishi mumkin. Bunda talabalar bir oylik harbiy yig‘inlarni o‘tashga iyul-avgustda jalb etiladi.

Bu qoidadan shuni tushunish mumkinki, talaba faqat o‘z roziligi bilangina bir oylik harbiy yig‘inlarda ishtirok etishi mumkin bo`ladi.

 

Yangiyo`l tumani yuridik                                             

xizmat ko`rsatish Markazi                                                   X.Rahimov