Янгиликлар
30
Xodimlarga homiladorlik va tugʻish taʼtil pullari qachon berilishi kerak?
Xodimlarga homiladorlik va tugʻish taʼtil pullari qachon berilishi kerak?
Mexnat kodeksiga koʻra, ayollarga tuqqunga qadar yetmish kalendar kun va tuqqanidan keyin ellik olti kalendar kun (tugʻish qiyin kechgan yoki ikki va undan ortiq bola tugʻilgan hollarda — yetmish kalendar kun) muddati bilan homiladorlik va tugʻish taʼtillari berilib, davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha nafaqa toʻlanadi.
“Davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha nafaqalar tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomning 5-bandiga koʻra:
➖ nafaqa, mehnat qobiliyati tiklangan, nogironlik belgilangan, homiladorlik va tugʻish taʼtili tugagan, vafot etgan yoki bola tugʻilgan kundan boshlab 6 oy muddat ichida murojaat qilinganda toʻlanadi;
➖ bunda, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi uni olish uchun murojaat qilingan kungacha boʻlgan 12 oydan oshmagan davr uchun beriladi.
Nizomning 7-bandiga koʻra, nafaqa oyiga bir marta — oyning ikkinchi yarmi uchun beriladigan ish haqi bilan birga toʻlanilishi koʻrsatilgan.
Xodim homiladorlik va tugʻish boʻyicha mehnatga layoqatsizlik varaqasini ish beruvchiga topshirish uchun farzandi tugʻilgan kundan boshlab 6 oy muddat ichida murojaat qilish huquqiga ega, ish beruvchi tomonidan esa, topshirilgan mehnatga layoqatsizlik varaqasi asosida murojaat qilgan oyning ikkinchi yarmida nafaqa toʻlab berilishi kerak.
Nurafshon shahar YuXKM bosh yuristkonsulti Sh.Qo‘ziyev