Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

Ota ma’lum muddat chetga chiqib ketgan taqdirda ham ajrimdan so'ng bola bilan ko'rishish huquqiga egami?


Ota ma’lum muddat chetga chiqib ketgan taqdirda ham ajrimdan so'ng bola bilan ko'rishish huquqiga egami?

 

Oila kodeksining 66-moddasiga ko'ra “bola otasi, onasi, bobosi, buvisi, aka-ukalari, opa-singillari va boshqa qarindoshlari bilan ko'rishish huquqiga ega. Ota-onasining nikohdan ajralishi, nikohning haqiqiy emas deb topilishi yoki ota-onaning boshqa-boshqa yashashi bolaning huquqlariga ta'sir qilmaydi.

Ota va ona alohida yashagan holda bola ularning har biri bilan ko'rishish huquqiga ega. Ota-ona turli davlatlarda yashagani taqdirda ham bola ular bilan ko'rishish huquqiga ega” deb belgilangan.

Mazkur qonun hujjati normasiga ko'ra bevosita bolaning o'z qarindoshlari bilan ko'rishish huquq kafolatlangan. Bu vaziyat bolaning ko'rishish huquqi ota-onasi ajrashgan yoki boshqa davlatlarda yashasa saqlanib qoladi va bundan mahrum etilmaydi.

Ota-onaning huquqlari esa Oila kodeksining 76-moddasiga ko'ra “boladan alohida yashayotgan ota (ona) bola bilan ko'rishish, uning tarbiyasida ishtirok etish va ta'lim olishi masalasini hal etishda qatnashish huquqiga ega.

Bola bilan birga yashayotgan ota (ona) bolaning ona (ota)si bilan ko'rishishiga, agar bunday ko'rishish bolaning jismoniy va ruhiy sog'lig'iga, axloqiy kamolotiga zarar keltirmasa, qarshilik qilmasligi kerak” deb belgilangan.

Bunga ko'ra ota yoki ona alohida yashagan holatda ham bola bilan ko'rishish huquqiga ega. Agar ikki tomon ajrashgan holatda ham ota yoki ona o'z farzandini ajrim qarorida keltirilganlarga ko'ra bola bilan belgilangan vaqtda ko'rishish huquqi saqlanib qoladi.

Qolaversa, ota-onaning ajrashishidan so'ng boshqa oila qurishi o'z farzandi bilan ko'rishishga to'sqinlik qilmaydi.

Shuningdek, Oila kodeksiga ko'ra “bobo, buvi, aka-uka, opa-singil va boshqa yaqin qarindoshlar bola bilan ko'rishib turish huquqiga ega. Ota-ona (ulardan biri) yaqin qarindoshlarning bola bilan ko'rishishiga imkoniyat bermasalar, vasiylik va homiylik organi ota-onani (ulardan birini) bunday imkoniyat berishga majbur qilishi mumkin.

Agar ota-ona (ulardan biri) vasiylik va homiylik organining qarorini bajarmasa, bolaning yaqin qarindoshlari yoki vasiylik va homiylik organi bola bilan ko'rishib turishga to'sqinlik qiluvchi hollarni bartaraf qilish haqida da'vo bilan sudga murojaat qilishga haqlidir. Sud bolaning manfaatlarini va bolaning fikrini hisobga olgan holda nizoni hal qiladi. Sudning hal qiluv qarori bajarilmagan taqdirda aybdor ota (ona)ga nisbatan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan choralar qo'llaniladi” deb belgilangan.

Xulosa, bolaning boshqa qarindoshlari ham bola bilan ko'rishib turish huquqiga ega. Ota-onaning ajrashishi va boshqa oila qurishi bola bilan ko'rishish huquqidan mahrum etmaydi.

 

Yangiyo`l tumani Yuridik                                             

xizmat ko`rsatish markazi                                                   X.Rahimov

bosh yuriskonsulti