Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

Ota-onalar xususiy bolalar bogʻchalar va maktablarga toʻlov uchun daromad soligʻi toʻlamaydi


Ota-onalar xususiy bolalar bogʻchalar va maktablarga toʻlov uchun daromad soligʻi toʻlamaydi
Nodavlat maktabgacha yoki maktab taʼlim tashkilotida oʻqish pullik hisoblanadi. Endi ota-ona (farzandlikka oluvchi)ning buning uchun har bir farzandga oyiga 3 mln soʻm doirasidagi xarajatlari soliq solishdan ozod qilingan.
Ushbu imtiyoz qanday ishlaydi?
Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti yoki maktabda taʼlim pullik hisoblanadi.
Endilikda ota-onaning (farzand asrab oluvchining) har bir bola uchun oyiga 3 mln soʻm miqdoridagi xarajatlari soliqdan ozod etildi.
Masalan, ota (ona)ga uning ish joyi boʻyicha har oyda 720 ming soʻm (6 mln soʻmdan 12%) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i ushlab qolingan holda 6 mln soʻm ish haqi hisoblanadi. U buxgalteriyaga oʻz farzandining taʼminoti uchun MTTga har oyda 2,5 mln soʻm oʻtkazish haqida ariza taqdim etadi.Ushbu 2,5 mln soʻm uchun soliq hisoblanmaydi. Buxgalteriya faqat 3,5 mln soʻm (6 mln soʻm - 2,5 mln soʻm) farqdan soliq ushlab qoladi. Soliq 420 ming soʻmni (3500 x 12%) tashkil qiladi. Ota (ona) soliqdan oyiga 300 yuz ming soʻm tejaydi.
Imtiyoz qanday qoʻllaniladi?
Ota (ona) imtiyozni:
—oʻz korxonangizning buxgalteriyasiga mablagʻlarni nodavlat maktabgacha yoki maktab taʼlim tashkilotiga oʻtkazish haqida ariza va toʻlovga schyot (shartnoma) taqdim etgan holda ish joyi boʻyicha;
—soliq xizmatiga yil yakunlari boʻyicha daromadlar toʻgʻrisida deklaratsiya va oʻqish uchun toʻlov amalga oshirilganligi toʻgʻrisida hujjatlarni taqdim etgan holda qoʻllashi mumkin.
Nurafshon shahar YuXKM bosh yuristkonsulti Sh.Qo‘ziyev