Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

Agar jarima qarori uch oyda kelmasa nima bo'ladi?


Agar jarima qarori uch oyda kelmasa nima bo'ladi?

O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2011-yil 31-maydagi 68-son buyrug'iga ILOVA "Yo'l harakati qoidalarining buzilishiga doir ma'muriy ishlarni ko'rib chiqish tartibi to'g'risida"gi YO'RIQNOMAning 69-bandiga ko'ra agar ma'muriy jazo qo'llanish to'g'risidagi qaror chiqarilgan kundan boshlab uch oy mobaynida ijroga qaratilmagan bo'lsa (qaror nusxasi huquqbuzarga topshirilmagan, huquqbuzarning ishlash, yashash joyiga yoki davlat ijrochisiga yuborilmagan bo'lsa va h. k.), u holda bunday qaror ijro etilmaydi. Ushbu holat bo'yicha xizmat tekshiruvi o'tkaziladi va aybdor mansabdor shaxsga nisbatan tegishli intizomiy chora ko'rilib, u haqidagi ma'lumot ma'muriy ish hujjatlariga qo'shib qo'yiladi.

Demak, qaor chiqarilgan kundan boshlab sizga uch oy ichida qaror kelishi kerak. Masalan, 2023-yil 1-sentabr kuni sizga jarima solish to'g'risida qaror chiqarildi va 2023-yil 1-dekabrga qadar bu qaror sizga yetib kelmagan bo'lsa unda jarima to'lamaysiz.

 

Yangiyo`l tumani Yuridik                                          

xizmat ko`rsatish markazi                                                X.Rahimov

bosh yuriskonsulti