Янгиликлар
30
Transport boshqaruvchi xaydovchi “xodimlar”ga yangilik
Transport boshqaruvchi xaydovchi “xodimlar”ga yangilik
Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksida transport xodimlari uchun alohida modda, ya’ni 500-modda ajratildi.
Bunga ko‘ra, transport xodimlari ishga qabul qilinish chog‘ida dastlabki va ish jarayonida, ya’ni davriy majburiy tibbiy ko‘riklardan o‘tishi aniq qilib belgilab qo‘yilmoqda.
Lekin asosiy yangilik, 500-moddaning 4-qismida turibdi, ya’ni:
“transport xodimlariga transport vositalarini boshqarish yoki transport vositalarining harakatlanishini boshqarish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan ishda o‘rindoshlik asosida ishlashga ruxsat etilmaydi”.
Shunday qilib, kelasi yil 30 apreldan boshlab transport vositalarini yoki transport vositalarining harakatlanishini boshqaradigan ishlarda o‘rindoshlik asosida ishlash ta’qiqlanadi.
Nurafshon shahar YuXKM bosh yuristkonsulti Sh.Qo‘ziev