Янгиликлар
Xodim bir oylik harbiy xizmatga chaqirilganda uning ish joyi saqlanadimi?
Xodim bir oylik harbiy xizmatga chaqirilganda uning ish joyi saqlanadimi?
Amaldagi mehnat kodeksining 282-moddasiga muvofiq “Xodimlar davlat va jamoat majburiyatlarini bajarganda beriladigan kafolatli to‘lovlar
Ish beruvchi xodimning davlat va jamoat majburiyatlarini bajarish vaqtida uni ishdan ish joyini (lavozimini) va o‘rtacha oylik ish haqini saqlagan holda quyidagi hollarda ozod etishi shart:
saylov huquqini amalga oshirayotganda;
deputatlik vazifalarini, shuningdek o‘z vakolatlarini ishlab chiqarishdan yoki xizmat faoliyatidan ajralmagan holda amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosining vazifalarini bajarayotganda;
tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining ishida ishtirok etayotganda;
harbiy majburiyatlarni bajarayotganda;
tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organga, surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga yoki sudga guvoh, jabrlanuvchi, ekspert, mutaxassis, tarjimon, xolis sifatida chaqirilganda;
sud majlislarida xalq maslahatchisi, jamoat ayblovchisi va jamoat himoyachisi, jamoat birlashmalari va mehnat jamoalarining vakili sifatida ishtirok etayotganda;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) huzuridagi Insonning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi bo‘yicha komissiya faoliyatida ishtirok etganda;
xodim davlat va jamiyat manfaatlarini ko‘zlab harakatlarni amalga oshirganda (avariyalar, tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish, inson hayotini saqlab qolish, qon va uning tarkibiy qismlarini topshirish, shuningdek boshqa hollarda);
O‘zbekiston Respublikasi qonunida yoki Prezidentining farmonlari va qarorlarida yoxud O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda”.
Yuqoridagi normadan ko`rishimiz mumkinki, 1 oylik safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmat yuqoridagi ro‘yxatda keltirilgan harbiy burchni bajarishga tenglashtiriladi va bu davrda xodimning ish joyi va o‘rtacha ish haqi saqlanadi.
Bunda ish beruvchi xodimni bir oylik safarbarlik chaqiruv rezervidagi xizmatga yuborish (safarbar qilish) haqida buyruq chiqaradi hamda shu buyruqda ish joyi va o‘rtacha ish haqi saqlanishini ham ko‘rsatib qo‘yishi to‘g‘ri bo‘ladi.
Yangiyo`l tumani yuridik
xizmat ko`rsatish Markazi X.Rahimov
bosh yuriskonsulti