Янгиликлар
Maktab hududida oʻquvchilar telefondan foydalanishi mumkinmi?
Maktab hududida oʻquvchilar telefondan foydalanishi mumkinmi?
Ushbu masala yuzasidan Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 21-mayda qabul qilingan qarori asosida Xalq ta’limi vazirligining tegishli buyrug‘i ishlab chiqilgan.
Unga ko‘ra, Ta’lim muassasasiga kirib kelishda har bir o‘quvchi, o‘qituvchilar va boshqa shaxslar uyali aloqa vositasini to‘liq o‘chirib qo‘yishi shart.
Telefon faqat maxsus g‘iloflarda, sumka va portfellarda olib yurilishi kerak. Ta’lim oluvchilarga telefon vositalarni bo‘yinga osib yurish, shim va yubka cho‘ntaklarida olib yurish, dars vaqtida esa ulardan foydalanishi qat’iyan taqiqlanadi.
Yuqorida keltirilgan asoslarga ko‘ra, maktab hududida telefonni faqat maxsus g‘iloflarda, sumka va portfellarda olib yurish lozim.
Yangiyo`l tumani yuridik
xizmat ko`rsatish Markazi X.Rahimov
bosh yuriskonsulti