Янгиликлар
OLIY MA’LUMOTLI HAMSHIRAGA USTAMA TO‘LANADIMI?
OLIY MA’LUMOTLI HAMSHIRAGA USTAMA TO‘LANADIMI?
Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 276-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi davlat muassasalari tibbiyot va farmasevtika xodimlari mehnatiga haq to‘lash tartibi va shartlari to‘g‘risida NIZOMning 23.1 bandiga asosan Oliy ma’lumotga ega bo‘lgan tibbiyot hamshiralariga tarif stavkasining 10 foizi miqdorida qo‘shimcha to‘lov belgilanadi.
Bosh tibbiyot hamshiralariga tarif stavkasining 5 foizi miqdorida qo‘shimcha to‘lov belgilanadi.
Bundan tashqari nizomning 25-bandiga aosan quyidagi ustamalar to‘lanadi Vrachlarga, o‘rta va kichik tibbiyot xodimlariga, shuningdek sog‘liqni saqlash barcha muassasalari farmasevtika xodimlariga quyidagi ustamalar:
uzluksiz ish staji 5 yildan 10 yilgacha bo‘lganda — tarif stavkasining 5 foizi miqdorida;
uzluksiz ish staji 10 yildan 15 yilgacha bo‘lganda — tarif stavkasining 10 foizi miqdorida;
uzluksiz ish staji 15 yildan 20 yilgacha bo‘lganda — tarif stavkasining 15 foizi miqdorida, oliy ma’lumotga ega bo‘lgan tibbiyot hamshiralari uchun esa tarif stavkasining 20 foizi miqdorida;
uzluksiz ish staji 20 yildan ortiq bo‘lganda — tarif stavkasining 20 foizi miqdorida belgilanadi, sog‘liqni saqlash muassasalari xodimlarining oliy ma’lumotga ega bo‘lgan tibbiyot hamshiralari uchun esa tarif stavkasining 30 foizi miqdorida.
Mazkur asosga ko‘ra agar xodimning ish staji ustamalarga yetmasada oliy ma’lumotga ega bo‘lganligi uchun 10% miqdorda ustama to‘anishi lozim.
Yangiyo`l tumani yuridik
xizmat ko`rsatish Markazi X.Rahimov
bosh yuriskonsulti