Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

TOIFA UCHUN USTAMA QACHONDAN HISOBLANADI?


TOIFA UCHUN USTAMA QACHONDAN HISOBLANADI?

572-sonli Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida” NIZOMning 47-48-bandiga asosan Attestatsiya yakunlanganidan so‘ng bir oy muddatda Ta’lim inspeksiyasi boshlig‘ining buyrug‘i bilan attestatsiya natijalariga ko‘ra oliy, birinchi va ikkinchi malaka toifalari hamda bosh, yetakchi va katta o‘qituvchi lavozimlari berilgan pedagog kadrlarning ro‘yxati tasdiqlanadi hamda ro‘yxatga asosan pedagog kadrlarga mazkur Nizomga 9-ilovaga muvofiq shakldagi QR-kod qo‘yilgan elektron shakldagi sertifikatlar (keyingi o‘rinlarda — sertifikat) Ta’lim inspeksiyasining rasmiy veb-sayti orqali onlayn generatsiya qilinadi.

Pedagog kadrlarning bazaviy tarif stavkalari miqdori, ularning malaka toifasi yoki lavozimi sertifikat asosida belgilanadi hamda ularning ish haqlari sertifikat generatsiya qilingan kundan boshlab qayta hisoblanadi.

Ya’ni xodimning oyligi sertifikat generatsiya qilingan kundan boshlab qayta hisoblanadi. Ammo bir oydan o‘tib ketishi mumkin emas.

 

Yangiyo`l tumani yuridik                                          

xizmat ko`rsatish Markazi                                                X.Rahimov

bosh yuriskonsulti