Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

Er-xotin ajrimining ayrim huquqiy jihatlari


Er-xotin ajrimining ayrim huquqiy jihatlari

 

O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 39-moddasiga ko‘ra, xotinining homiladorlik vaqtida va bola tug‘ilganidan keyin bir yil mobaynida er xotinining roziligisiz nikohdan ajratish to‘g‘risida ish qo‘zg‘atishga haqli emasligi ko‘rsatilib o‘tilgan.

Shuningdek,“Sudlar tomonidan nikohdan ajratishga oid ishlar bo‘yicha qonunchilikni qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining qaroriga muvofiq nikohdan ajratish to‘g‘risidagi da’vo arizasini qabul qilishda shuni inobatga olish lozimki, Oila kodeksining 39-moddasiga muvofiq er xotinining roziligisiz uning homiladorligi vaqtida va bola tug‘ilganidan so‘ng bir yil mobaynida nikohdan ajratish to‘g‘risida ish qo‘zg‘atishga, garchi u tug‘ilish to‘g‘risidagi yozuvlar daftarida bolaning otasi sifatida yozilmagan bo‘lsa ham, haqli emas. Mazkur qoida bola o‘lik tug‘ilgan yoki bir yoshga to‘lmay vafot etgan hollarga ham tatbiq etiladi.

Xotinning nikohdan ajratish to‘g‘risida ish qo‘zg‘atishga roziligi bo‘lmagan hollarda, sudya da’vo arizasini qabul qilishni rad etadi, agar u qabul qilingan bo‘lsa, sud O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi 122-moddasining 8-bandi (xotini homilador bo‘lgan vaqtda yoki bola tug‘ilganidan keyin bir yil davomida er xotinining roziligisiz nikohni bekor qilish to‘g‘risida da’vo taqdim etgan bo‘lsa)ga asosan arizani ko‘rmasdan qoldiradi.  

Nikohdan ajratish to‘g‘risidagi ariza xotinning roziligi bilan qo‘zg‘atilgan ishni sud majlisida ko‘rish vaqtida u nikohdan ajratishga e’tiroz bildirganda, shuningdek javobgarning homiladorligi va uning nikohdan ajratishga roziligi yo‘qligi ishni apellyatsiya yoki kassatsiya va nazorat instansiyasida ko‘rish vaqtida ma’lum bo‘lganda ko‘rmasdan qoldirilishi lozim.

O‘zb Res Oila kodeksining 39-moddasida ko‘rsatilgan holatlar mavjudligi nikohdan ajratish to‘g‘risidagi da’vo xotin tomonidan qo‘zg‘atilishiga to‘sqinlik qilmaydi.

Yani, yuqorida keltirilgan asoslarga ko‘ra, xotinning homiladorlik vaqtida va bola tug‘ilganidan keyin bir yil mobaynida ayolning roziligisiz nikohdan ajratish to‘g‘risida ariza bergan taqdirda arizasi ko‘rmasdan qoldiriladi.

Nurafshon shahar adliya bo‘limi xodimi Sh.Qo‘ziev