Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

Koʻchmas mulkni oldi-sotdisini notarial tasdiqlanishi shartmi?


Koʻchmas mulkni oldi-sotdisini notarial tasdiqlanishi shartmi?
Notarial tasdiqlanishi kerak,albatta. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil
29-dekabrdagi 1060-son qaroriga 1-ILOVA ,,Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida" NIZOM mavjud.
Mazkur Nizom yuridik va jismoniy shaxslarning koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Nizomning 39-bandida belgilanishicha, Bino va inshootlarga mulk huquqining vujudga kelishini va boshqa shaxsga oʻtishini tasdiqlovchi hujjatlar quyidagilardan iborat:
- qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan binolar va inshootlarni foydalanishga qabul qilish dalolatnomasi;
notarial tartibda tasdiqlangan bino, inshootning oldi-sotdi shartnomasi;
- 2019-yil 1-yanvargacha tuzilgan bino va inshoot boʻyicha topshirish-qabul qilish dalolatnomasi bilan birga oldi-sotdi shartnomasi;
- korxonaning topshirish-qabul qilish dalolatnomasi bilan birga notarial tartibda tasdiqlangan oldi-sotdi shartnomasi;
- notarial tartibda tasdiqlangan lizing shartnomasi;
- bino, inshoot, turar joyni hadya etish toʻgʻrisidagi notarial tartibda tasdiqlangan shartnoma;
- bino, inshoot, turar joyni ayirboshlash toʻgʻrisidagi notarial tartibda tasdiqlangan shartnoma;
- turar joyni boshqa shaxsga renta toʻlovi sharti bilan oʻtkazilishi nazarda tutiladigan notarial tartibda tasdiqlangan renta shartnomasi;
- xususiylashtirilgan davlat binosi, inshooti, turar joyini tasarruf etish huquqi bilan mulk huquqini beruvchi davlat orderi;
- notarial tartibda tasdiqlangan meros qilib olish huquqi va er-xotinlarning umumiy mulki boʻlgan bino,
- inshootning tegishli qismiga boʻlgan mulk huquqi toʻgʻrisidagi guvohnoma;
- notarial tartibda tasdiqlangan koʻchmas mulk obyektini yuridik shaxslarning ustav jamgʻarmasiga ulush sifatida berish shartnomasi;
- koʻchmas mulk obyektini muassisga uning ulushini qaytarib berish sifatida notarial tartibda tasdiqlangan shartnomasi;

Bino va inshootlarga mulk huquqining vujudga kelishini va boshqa shaxsga oʻtishini tasdiqlovchi hujjatlar qatoriga notarial tartibda tasdiqlangan oldi-sotdi shartnomasi ham mavjud.
Shunday ekan koʻchmas mulk oldi-sotdi shartnomasi notarial tasdiqlangan boʻlishi kerak.

Nurafshon shahar YuXKM bosh yuristkonsulti Sh.Qo‘ziyev