Янгиликлар
30
Talabaga dekret puli beriladimi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 3 iyundagi 344-son qaroriga 1-ILOVA “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari talabalariga akademik ta’til berish to‘g‘risida” nizom O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari talabalariga akademik ta’til berish va akademik ta’tildan so‘ng ularning o‘qishini davom ettirish tartibini belgilaydi.
O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari talabalariga akademik ta’til quyidagi hollarda berilishi mumkin:
- harbiy xizmatni o‘tash uchun;
- salomatligini tiklash uchun;
- homiladorlik va tug‘ish uchun;
- bolalarni parvarish qilish uchun;
- oilasining betob a’zosini (otasi, onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar, turmush o‘rtog‘i, farzandi) parvarish qilish uchun.
Doimiy tibbiy nazoratda turgan tibbiyot muassasasi xulosasi asosida OTM tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan homiladorlik va tug‘ish, shuningdek, bolalarni parvarish qilish ta’tillari muddatiga (Mehnat kodeksi 233-234-moddalari) akademik ta’til berilishi mumkin.
Homiladorlik va tug‘ish, shuningdek, bolalarni parvarish qilish uchun akademik ta’tilda bo‘lgan talabalar kamida keyingi o‘quv yilining talaba tomonidan to‘liq o‘zlashtirilmagan semestri boshlanishi muddatiga o‘qishga qaytishi mumkin
Talabalarga akademik ta’til davrida stipendiyalar to‘lanmaydi.
Agar talaba mehnat shartnomasi asosida ishlaydigan bo‘lsa, ish joyidan homiladorlik va tug‘ish ta’tillari berilib, davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqa to‘lanadi. Agar talaba hech qaerda ishlamay, faqat o‘qiyotgan bo‘lsa unga dekret puli to‘lanmaydi.
Yangiyo‘l tuman adliya bo‘limi
yuridik xizmat ko‘rsatish
Markazi boshlig‘i S.Djamalov