Янгиликлар
30
Qonunchilikda fuqarolar yig’ini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlarga qanday talablar qo’yilgan?
Qonunchilikda fuqarolar yig’ini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlarga qanday talablar qo’yilgan?
O’zbekiston Respublikasining 2013-yil 22-apreldagi “Fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari to’g’risida”gi qonunining 23-moddasida fuqarolar raisi (oqsoqoli) uch yil muddatga saylanishi belgilangan. Shu munosabat bilan joriy yilning may oyida fuqarolar yig’ini raisi (oqsoqoli) lavozimlariga navbatdagi saylov jarayonlari bo’lib o’tadi. Fuqarolar yig’ini raisi (oqsoqoli) lavozimiga saylovlarning demokratik tartibda amalga oshirilishi hamda nomzodlar ko’rsatilayotgan hududlarda yashovchi fuqarolarning xohish-istaklari e’tiborga olinib, qonunchilikda fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlar ko‘rsatish tegishli hududda doimiy yashovchi fuqarolarning fikri inobatga olingan holda ishchi guruh tomonidan amalga oshirilishi belgilangan.
O’zbekiston Respublikasining “Fuqarolar yig’ini raisi (oqsoqoli) saylovi to’g’risida” qonuni 17-moddasida fuqarolar yig’ini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlarga qo’yiladigan talablar belgilangan bo’lib, nomzodlar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lishi, qoida tariqasida, oliy ma’lumotga ega bo‘lishi, bevosita saylovga qadar kamida besh yil tegishli hududda doimiy yashayotgan bo‘lishi, tashkilotchilik qobiliyatiga, davlat organlarida yoki nodavlat notijorat tashkilotlarida yoxud tadbirkorlik va boshqa xo‘jalik faoliyati sohasida ish tajribasiga, shuningdek hayotiy tajribaga va aholi o‘rtasida obro‘-e’tiborga ega bo‘lishi kerakligi nazarda tutiladi. Shuningdek, Qonunda ayrim shaxslarning xususan, sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan, og‘ir yoxud o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etganlik uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslar, shuningdek sudning hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan, haqiqiy harbiy xizmatdagi shaxslar, diniy tashkilotlarning professional xizmatchilari fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) lavozimiga saylanish uchun nomzod etib ko‘rsatilishi mumkin emasligi ko’rsatilgan.
Nurafshon shahar YuXKM bosh yuristkonsulti Sh.Qo‘ziyev