Янгиликлар
Farzandlikka olishning huquqiy tartibi qanday va qanday hujjatlar talab qilinadi
Farzandlikka olishning huquqiy tartibi qanday va
qanday hujjatlar talab qilinadi
Farzandlikka olishga faqat voyaga yetmagan bolalarga nisbatan va faqat ularning manfaatlarini ko‘zlab yo‘l qo‘yiladi.
Farzandlikka olish bolani farzandlikka olishni istagan shaxslarning (shaxsning) arizasiga ko‘ra, vasiylik va homiylik organlarining farzandlikka olishning asosliligi va farzandlikka olinayotgan bola manfaatlariga to‘g‘ri kelishi haqidagi xulosasi hisobga olingan holda sud tomonidan amalga oshiriladi.
Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi zarur:
-farzandlikka oluvchilarning (oluvchining) nikoh tuzilganligi to‘g‘risidagi guvohnomasining ko‘chirma nusxasi;
-er-xotindan biri tomonidan farzandlikka olinganda — boshqasining roziligi;
-nikohda turmagan shaxs tomonidan farzandlikka olinganda — farzandlikka oluvchi pasportining yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasining ko‘chirma nusxasi va nikohda turmasligi haqidagi ma’lumotnoma;
-farzandlikka oluvchilarning (oluvchining) sog‘lig‘i holati to‘g‘risidagi tibbiy xulosa;
-fuqaro farzandlikka olishga nomzod sifatida hisobga qo‘yilganligi to‘g‘risidagi hujjat;
-farzandlikka oluvchilarning (oluvchining) ish joyidan egallab turgan lavozimi va ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma yoki boshqa daromad manbalari haqidagi ma’lumotnoma;
-turar joyga bo‘lgan mulk huquqini yoki turar joydan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjat.
Yangiyo‘l tuman adliya bo‘limi
yuridik xizmat ko‘rsatish
Markazi boshlig‘i S.Djamalov