Янгиликлар
30
Ayollar uchun mehnat qonunchiligidagi ayrim kafolatlar
Ayollar uchun mehnat qonunchiligidagi ayrim kafolatlar
Mehnat kodeksining 237-moddasi birinchi qismiga koʻra homilador ayollar va uch yoshga toʻlmagan bolasi bor ayollar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga yoʻl qoʻyilmaydi, korxonaning butunlay tugatilish hollari bundan mustasno, bunday hollarda mehnat shartnomasi ularni albatta ishga joylashtirish sharti bilan bekor qilinadi. Mazkur ayollarni ishga joylashtirishni mahalliy mehnat organi ularni ishga joylashtirish davrida qonunchilikda belgilangan tegishli ijtimoiy toʻlovlar bilan taʼminlagan holda amalga oshiradi.
Mazkur moddaning 2-qismiga binoan muddati tugaganligi sababli mehnat shartnomasi bekor qilingan hollarda ham ish beruvchi ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatib oʻtilgan ayollarni ishga joylashtirishi shart. Ishga joylashtirish davrida bu ayollarning ish haqi saqlanib qoladi, biroq bu muhlat muddatli mehnat shartnomasi tugagan kundan boshlab uch oydan oshmasligi kerak.
Demak, agar ish joyi tugatilsa homilador ayollar va uch yoshga toʻlmagan bolasi bor ayollar bilan mehnat shartnomasi ularni albatta ishga joylashtirish sharti bilan bekor qilinadi.
Yaʼni, avval, ishga joylashtirilasiz, keyin siz bilan mehnat shartnomasi bekor qilinadi.
Nurafshon shahar YuXKM bosh yuristkonsulti Sh.Qo‘ziyev