Янгиликлар
30
Subsidiya asosida berilayotgan uy-joylarlar kimlarga va qay tartibda beriladi?
Subsidiya asosida berilayotgan uy-joylarlar kimlarga va qay tartibda beriladi?
Subsidiya berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-martdagi 182-son “Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun fuqarolarga subsidiya toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan amalga oshiriladi.
Ariza Davlat xizmatlari markaziga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali topshirilishi mumkin.
Mazkur mablagʻlar faqatgina uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj boʻlgan oilalar, ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlar, mamlakat ijtimoiy hayotida faol ishtirok etayotgan yoshlar va shu toifadagi boshqa Oʻzbekiston fuqarolariga ajratiladi.
Subsidiya olish uchun fuqaro 18 yoshga toʻlgan boʻlishi kerak. Agar fuqaro mehnat migranti boʻlganda, uning nomidan oila aʼzolari ham ariza berishi mumkin.Ijtimoiy mezonlar asosida baholangan ariza beruvchi 30 va undan yuqori ball toʻplagan taqdirda subsidiya olishga haqli deb hisoblanadi.Oilalarning oʻrtacha oylik daromadi:
qishloq joylarda — MHTEKMning 3,0 baravaridan kam va 6,9 baravaridan yuqori;
shaharlarda — MHTEKMning 3,0 baravaridan kam va 8,0 baravaridan yuqori;
Toshkent shahrida — MHTEKMning 3,0 baravardan kam va 9,2 baravaridan yuqori boʻlganda ajratiladi.
Ariza 19 ish kunida koʻrib chiqiladi.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 09-dekabrdagi 33-sonli Farmoniga asosan:
- subsidiya taqdim etish toʻgʻrisidagi xabarnomani olgan shaxslar ipoteka krediti boʻyicha boshlangʻich badalning uy-joy qiymatining kamida 5 foiziga teng qiymatini oʻz mablagʻlari hisobidan shakllantirishi;
- sotib olinadigan kvartira joylashuvi, qiymati va maydonidan qatʼi nazar, dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun subsidiyalar — qatʼiy belgilangan 32 million soʻm miqdorida, foiz toʻlovlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar — birinchi besh yil davomida 10 foizlik punktdan oshgan qismiga toʻlanadi.
Nurafshon shahar YuXKM bosh yuristkonsulti Sh.Qo‘ziyev