Янгиликлар
Er yoki xotin ish haqi yoki daromadga ega bo‘lmagan taqdirda ham umumiy mol-mulkka nisbatan teng huquqli hisoblanadimi.
Er yoki xotin ish haqi yoki daromadga ega bo‘lmagan taqdirda ham
umumiy mol-mulkka nisbatan teng huquqli hisoblanadimi.
Qonunchilikka ko‘ra, er va xotindan biri uy-ro‘zg‘or ishlarini yuritish, bolalarni parvarish qilish bilan band bo‘lgan yoki boshqa sabablarga ko‘ra mustaqil ish haqi va boshqa daromadga ega bo‘lmagan taqdirda ham er va xotin umumiy mol-mulkka nisbatan teng huquqqa ega bo‘ladi.
Shuningdek, qimmatbaho buyumlar va zebu-ziynatlardan boshqa shaxsiy foydalanishdagi buyumlar (kiyim-bosh, poyabzal va boshqa shu kabilar), garchi nikoh davomida er va xotinning umumiy mablag‘i hisobiga olingan bo‘lsa ham, ulardan foydalanib kelgan er va xotinning xususiy mulki hisoblanadi.
Yangiyo‘l tuman adliya bo‘limi
yuridik xizmat ko‘rsatish
Markazi boshlig‘i S.Djamalov