Янгиликлар
Mehnat kodeksida voyaga yetmaganlarga berilgan imtiyozlar
Mehnat kodeksida voyaga yetmaganlarga berilgan imtiyozlar
2023 yil 30 aprel kunidan yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi amalga kiritildi. Mehnat qonunchiligiga ko‘ra ishga qabul qilishga o‘n olti yoshdan yo‘l qo‘yilishi belgilab qo‘yilgan, lekin;
-O‘n beshdan o‘n olti yoshgacha shaxslar bilan ota-onadan birining (ota-onaning o‘rnini bosuvchi shaxsning) yozma roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi.
-o‘n beshdan o‘n olti yoshgacha bo‘lgan xodimlar uchun — olti kunlik ish haftasida — to‘rt soatdan, besh kunlik ish haftasida — besh soatdan, o‘n oltidan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan xodimlar uchun esa olti kunlik ish haftasida — olti soatdan, besh kunlik ish haftasida — yetti soatu o‘ttiz daqiqadan oshmasligi ko‘rsatib berilgan;
-Qonunchilikda har yilgi asosiy eng kam mehnat ta’tilining davomiyligi yigirma bir kalendar kunni tashkil etsa o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxslarga esa o‘ttiz kalendar kundan iborat;
-Birinchi ish yili uchun har yilgi mehnat ta’tilidan foydalanish huquqi xodimlarga uzluksiz ishlagan olti oy o‘tganidan keyin yuzaga kelsa o‘n sakkiz yoshdan kichik bo‘lgan shaxslarga esa bu muddat uning hoxishiga ko‘ra oldinroq berilishi mumkin.
-O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan xodimlarni har yilgi mehnat ta’tilidan chaqirib olishga yo‘l qo‘yilmaydi;
-O‘n sakkiz yoshga to‘lmaganlardan og‘ir hamda zararli va xavfli mehnat ishlarda foydalanish taqiqlanadi;
-O‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxslar faqat dastlabki majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tganidan keyin ishga qabul qilinadi va keyinchalik ular o‘n sakkiz yoshga to‘lguniga qadar har yili majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tishi lozim. Tibbiy ko‘riklar ish beruvchining mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi;
- O‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan xodimlar bilan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilishga, mehnat shartnomasini bekor qilishning umumiy tartibiga rioya etishdan tashqari, mahalliy mehnat organining roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi.
Yangiyo‘l tuman adliya bo‘limi
yuridik xizmat ko‘rsatish
Markazi boshlig‘i S.Djamalov