Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

“O‘zini yakkalash” hayot tarzi qanday huquqiy asosga ega, u nimani ko‘zda tutadi?


“O‘zini yakkalash” hayot tarzi qanday huquqiy asosga ega, u nimani ko‘zda tutadi?
Javob: “Karantin” yoki boshqacha aytganda “cheklovchi tadbirlar” – yuqumli va parazitar kasalliklar tarqalishining oldini olishga qaratilgan, xo‘jalik faoliyati va boshqa faoliyatning alohida tartibini, aholi, transport vositalari, yuklar va (yoki) tovarlar harakatlanishining cheklanishini nazarda tutadigan ma’muriy, tibbiy-sanitariya chora-tadbirlari va boshqa chora-tadbirlardir (“Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi Qonun).
Cheklovchi tadbirlar (karantin)ni o‘tkazish tartibi va muddati Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, joylardagi davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilanadi.

Prezident farmoyishi bilan (F–5537-son, 29.01.2020 y.) O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Maxsus respublika komissiyasi tuzildi.
Hukumat qarori bilan (176-son, 23.03.2020 y.) Maxsus komissiya karantin yoki cheklovchi tadbirlarni kiritish bo‘yicha vakolatlarga ega bo‘ldi.
Maxsus komissiya vaziyat tahlilidan kelib chiqib, bosqichma-bosqich u yoki bu cheklovchi tadbirlarni joriy etib bormoqda, masalan xalqaro, viloyatlararo va tumanlararo harakatlanishni, ayrim tashkilotlar faoliyatini, tadbirlar va majlislar o‘tkazilishini cheklamoqda.
O‘z navbatida, “o‘zini yakkalash” – bu alohida chora emas, balki cheklovchi tadbirlardan biri, ya’ni karantin chorasidir. “O‘zini yakkalash” hatto inson o‘zini sog‘lom his qilgan taqdirda ham boshqa odamlar bilan aloqani cheklash yoki iloji boricha kamaytirishni ko‘zda tutadi.
Karantin paytida bemorlar tibbiy yoki maxsus muassasalarda tibbiyot xodimlari kuzatuvi ostida bo‘lsalar, sog‘lom kishilar o‘zini yakkalashlari lozim. Masalan, ular (1) ko‘chaga chiqmasligi, (2) bunga zarurat tug‘ilganda ijtimoiy masofa saqlashi, niqob taqib yurishi, (3) uyda yoki ishda bo‘lsa, boshqa shaxslar (hamkasblar, birga yashaydigan oila a’zolari) bilan aloqani cheklashi, ya’ni ijtimoiy masofani saqlashi va hokazolarga rioya qilishi lozim.
Ayrim cheklovchi tadbirlarning o‘z vaqtida kiritilishi (transport harakatini cheklash, jamoat joylarini yopish, majburiy ravishda niqob taqish va hokazolar) O‘zbekistonda COVID-19 ommaviy tarqalishining oldini olish imkonini berdi. Boshqa mamlakatlar haqida bunday deb bo‘lmaydi. Italiya va Ispaniyada qat’iy cheklov choralari kiritilgach, vaziyat asta-sekinlik bilan yaxshilanib borayotgani haqida xabarlar berildi.
Biroq tahlillar ko‘rsatishicha, ayrim cheklov tadbirlari joriy etilgandan keyingi aniqlanayotgan koronavirus infeksiyasini yuqtirish holatlari hamkasblar, oila a’zolari orasida uchrashda davom etmoqda, chunki mazkur doirada yetarli xavfsizlik choralari ko‘rilmayapti. Shu munosabat bilan zararlanish yoki aksincha boshqalarga yuqtirish xavfini minimal darajaga tushirish maqsadida “o‘zini yakkalash” choralariga amal qilish kerak.
“O‘zini yakkalash”ga karantin choralaridan alohida qarash yaramaydi, u karantinning tarkibiy qismi yoki bir ko‘rinishi hisoblanadi va bunda “o‘zini yakkalash”ga oid munosabatlar karantin qoidalari bilan bir xil tarzda tartibga solinadi.
Ijtimoiy tarmoqlardagi ayrim “ekspertlar” karantin tadbirlarining huquqiy tabiati to‘g‘risida yolg‘on xabarlar tarqatmoqda. Bu xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi va O‘zbekiston aholisini chalg‘itmoqda. Bunday harakatlar javobgarlikni, hattoki jinoiy javobgarlikni keltirib chiqaruvchi jiddiy huquqbuzarlik sifatida baholananishi mumkin.
Shu munosabat bilan ijtimoiy tarmoqlardagi guruhlar ma’murlari va moderatorlari, shuningdek blogerlar bunday mualliflarning faoliyatini cheklashga yordam berishi va yolg‘on xabarlar tarqatish uchun minbar yaratib bermasliklari maqsadga muvofiq sanaladi.

Nurafshon shahar YuXKM bosh yuristkonsulti Sh.Qo‘ziyev