Янгиликлар
O‘zbekiston Respublikasida tibbiy va sog‘lomlashtirish turizmini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Qarori qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasida tibbiy va sog‘lomlashtirish turizmini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Qarori qabul qilindi.
-Qarorga ko‘ra “Tibbiy xizmatlar mehmondo‘stligi” (“Medical service hospitality”) dasturi amalga oshiriladi;
-davlat va xususiy tibbiyot muassasalari hamda sanatoriy va pansionatlar tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini monitoring qilish tizimi joriy qilinadi;
-konsalting – diagnostika – davolash – turoperator – transport – tibbiy tarjimon xizmatlarini birgalikda ko‘rsatadigan tibbiy turizm klasterlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi;
-“Avitsenna” nomi ostida O‘zbekistonning tibbiy va sog‘lomlashtirish turizmi brendi ishlab chiqiladi;
-toifali (yulduzli) mehmonxonalar tipidagi sanatoriylar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi;
-tog‘li, shifobaxsh balchiq qatlamlari bor hamda shifobaxsh suvlar qatoriga kiritilgan va sanitariya-sog‘lomlashtirish ahamiyatiga molik suv (termal suv) ob’ektlari mavjud bo‘lgan hududlarda sanatoriy-kurort zonalari tashkil qilinadi;
-2025 yil 1 aprelgacha internet tarmog‘i orqali yashovchilarni hisobga olishning avtomatlashtirilgan maxsus elektron dasturi (E-mehmon)ga ulangan xususiy tibbiyot va sog‘lomlashtirish muassasalari dastlabki 6 oylik abonent to‘lovi to‘lashdan ozod qilinadi.
Yangiyo‘l tumani YuXKM boshyuristkonsult X.Murodjonov