Янгиликлар
-Fuqarolarni “o‘zini yakkalash” hayot tarziga rioya qilishga majburlash qanchalik qonuniy?
-Fuqarolarni “o‘zini yakkalash” hayot tarziga rioya qilishga majburlash qanchalik qonuniy?
Javob: “O‘zini yakkalash” hayot tarzi fuqarolarning erkin harakatlanishiga oid huquqlarini cheklaydi, biroq bu cheklovlar O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan xalqaro shartnomalar va O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga to‘liq muvofiq bo‘lib, koronavirus infeksiyasi tarqalishi oqibatida yuzaga kelgan xatarlarga mutanosibdir.
Konstitutsiyaning 20-moddasiga muvofiq, fuqarolar o‘z huquq va erkinliklarini amalga oshirishda boshqa shaxslarning, davlat va jamiyatning qonuniy manfaatlari, huquq va erkinliklariga putur yetkazmasliklari shart.
Nurafshon shahar YuXKM bosh yuristkonsulti Sh.Qo‘ziyev