Янгиликлар
Jinoyat kodeksida Jazo tizimi qanday?
Jinoyat kodeksida Jazo tizimi qanday?
O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 43 moddasida “Jazo tizimi” normasi mavjud ya`ni
Jinoyat sodir etishda aybli deb topilgan shaxslarga nisbatan quyidagi asosiy jazolar qo‘llanilishi mumkin:
a) jarima;
b) muayyan huquqdan mahrum qilish;
b1) majburiy jamoat ishlari;
v) axloq tuzatish ishlari;
g) xizmat bo‘yicha cheklash;
e) intizomiy qismga jo‘natish;
j) ozodlikdan mahrum qilish;
z) umrbod ozodlikdan mahrum qilish.
Mahkumlarga asosiy jazolardan tashqari harbiy yoki maxsus unvondan mahrum qilish tarzidagi qo‘shimcha jazo ham qo‘llanilishi mumkin.
Xizmat bo‘yicha cheklash yoki intizomiy qismga jo‘natish tariqasidagi jazolar faqat harbiy xizmatchilarga nisbatan qo‘llaniladi.
Muayyan huquqdan mahrum qilish faqat asosiy jazo sifatidagina emas, balki qo‘shimcha jazo tariqasida ham qo‘llanilishi mumkin.
Yangiyo`l tumani YXKM bosh yuristkonsulti X.Murodjonov