Янгиликлар
30
Maxsus komissiyaning qarorlari asosida jarimaga tortish qanchalik qonuniy?
Maxsus komissiyaning qarorlari asosida jarimaga tortish qanchalik qonuniy?
Javob: Fuqarolar karantin tadbirlari va sanitariya qoidalarini buzganlik uchun O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-prosessual kodekslari va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksga muvofiq jarimaga tortiladilar.
Shu bilan birga, “Aholining sanitariya-epidemologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi Qonunning 5-moddasiga muvofiq, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari davlat organlari hamda boshqa organlar, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan rioya etilishi shart bo‘lgan aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasidagi talablarni belgilaydigan hujjatlardir.
Nurafshon shahar YuXKM bosh yuristkonsulti Sh.Qo‘ziyev