Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

Majburiy davolash choralari nechog‘lik qonuniy hisoblanadi?


Majburiy davolash choralari nechog‘lik qonuniy hisoblanadi?
Javob: O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining 29-2-moddasiga asosan, karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishi hamda tarqalishi sharoitida epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzishga oid huquqbuzarlik sodir etgan shaxsga nisbatan tegishli tibbiy asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda davlat sanitariya nazorati organlari tomonidan karantinda saqlash yoki davolanish tarzidagi tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasi qo‘llanilishi mumkin.
Tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasi 30 sutkagacha bo‘lgan muddatda ma’muriy jazo tayinlash bilan birga qo‘llaniladi hamda davlat sanitariya nazorati organlari tomonidan belgilangan joylarda ijro etiladi.Tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasining ijrosi davlat sanitariya nazorati, O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar va Milliy gvardiyasi organlari tomonidan ta’minlanadi.
Nurafshon shahar YuXKM bosh yuristkonsulti Sh.Qo‘ziyev