Янгиликлар
O‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan xodimlar uchun ish vaqtining davomiyligi qanday?
O‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan xodimlar uchun ish vaqtining davomiyligi qanday?
Amaldagi mehnat kodeksining 415-moddasiga asosan Ish vaqtining davomiyligi o‘n oltidan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan xodimlar uchun haftasiga o‘ttiz olti soatdan oshmaydigan, o‘n beshdan o‘n olti yoshgacha bo‘lgan shaxslar uchun esa haftasiga yigirma to‘rt soatdan oshmaydigan qilib belgilanadi.
O‘quv yili davomida o‘qishdan bo‘sh vaqtida ishlayotgan o‘quvchilarning ish vaqti davomiyligi ushbu moddaning birinchi qismida tegishli yoshdagi shaxslar uchun nazarda tutilgan ish vaqti eng ko‘p davomiyligining yarmidan oshishi mumkin emas..
Yangiyo`l tuman adliya bo`limi yuridik xizmat
ko`rsatish Markazi bosh yuriskonsulti I.Roziqov