Янгиликлар
30
Kichik tadbirkorlik sub’yektlariga kimlar kiradi?
Kichik tadbirkorlik sub’yektlariga kimlar kiradi?
✅ “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunga asosan quyidagilar kichik tadbirkorlik sub’yektlari hisoblanadi:
• yakka tartibdagi tadbirkorlar;
• shlab chiqarish tarmoqlaridagi xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan 20 kishi, xizmat ko‘rsatish sohasidagi va ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa tarmoqlardagi xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan 10 kishi, ulgurji, chakana savdo hamda umumiy ovqatlanish tarmoqlaridagi xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan 5 kishi bo‘lgan mikrofirmalar;
• quyidagi tarmoqlardagi kichik korxonalar:
• yengil, oziq-ovqat sanoatidagi va qurilish materiallari sanoatidagi xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan 200 kishi;
• metallga ishlov berish va asbobsozlik, yog‘ochsozlik, mebel sanoatidagi, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa sanoat-ishlab chiqarish sohalaridagi xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan 100 kishi;
• mashinasozlik, metallurgiya, yoqilg‘i-energetika va kimyo sanoati, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish va ularni qayta ishlash, qurilish hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa sanoat-ishlab chiqarish sohalaridagi xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan 50 kishi;
• fan, ilmiy xizmat ko‘rsatish, transport, aloqa, xizmat ko‘rsatish sohalari (sug‘urta kompaniyalaridan tashqari), savdo va umumiy ovqatlanish hamda ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa sohalardagi xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan 25 kishi.
Nurafshon shahar YuXKM bosh yuristkonsulti Sh.Qo‘ziyev