Янгиликлар
Xodim vafot etgan kunga qadar olinmagan ish haqini to`lab berish tartibi qanday?
Xodim vafot etgan kunga qadar olinmagan ish haqini to`lab berish tartibi qanday?
Amaldagi mehnat kodeksining 255-moddasiga asosan Xodim vafot etgan kunga qadar olinmagan ish haqi uning oila a’zolariga yoki xodim vafot etgan kunda marhumning qaramog‘ida bo‘lgan shaxsga beriladi. Ish haqini to‘lash ish beruvchiga tegishli ariza, xodimning vafot etganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning ko‘chirma nusxasi berilgan hamda uning asl nusxasi taqdim etilgan kundan e’tiboran yetti kundan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Yangiyo`l tuman adliya bo`limi yuridik xizmat
ko`rsatish Markazi bosh yuriskonsulti I.Roziqov