Янгиликлар
30
Texnologik asbob-uskunalarni olib kirishda bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar beriladimi?
Texnologik asbob-uskunalarni olib kirishda bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar beriladimi?
✅ O‘zbekiston Respublikasi hududiga qonun hujjatlariga muvofiq tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha olib kirilayotgan texnologik jihozlar, shuningdek butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar, agar ularni yetkazib berish texnologik jihozlarni yetkazib berish kontrakti shartlarida nazarda tutilgan bo‘lsa bojxona boji va qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinishi qayd etilgan.
✅ “O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda import bojxona boji va qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadigan texnologik jihozlar ro‘yxati” 2013 yil 20 martda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2436-soni bilan ro‘yxatga olingan idoralararo qarori bilan tasdiqlangan.
Nurafshon shahar YuXKM bosh yuristkonsulti Sh.Qo‘ziyev