Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

Xodimning tashabbusiga koʻra mehnat shartnomasini qaysi sanalarda bekor qilish toʻgʻri boʻladi?


Xodimning tashabbusiga koʻra mehnat shartnomasini qaysi sanalarda bekor qilish toʻgʻri boʻladi?

Amaldagi mehnat kodeksining 160-moddasiga asosan Mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisidagi ogohlantirish muddatining oʻtishi ish beruvchi tomonidan ariza olinganidan soʻng keyingi kunda boshlanadi. Masalan xodim 18-sentabr kuni ariza yozdi taqdim etdi. sh beruvchi belgilangan ogohlantirish muddati 14 kalendar kunni hisobga olgan holda хodim bilan mehnat shartnomasini 2024 yil 2 oktabrdan bekor qilishga toʻla haqli.

Ushbu moddaning 4-qismiga asosan Xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra mehnat shartnomasi ogohlantirish muddati tugashiga qadar bekor qilinishi mumkin.

Bundan tashqari, 8-qismida keltirilgan holatlar bo`yicha ya`ni Mehnat shartnomasini xodimning tashabbusiga ko‘ra bekor qilish to‘g‘risidagi ariza u o‘z ishini davom ettirishi mumkin emasligi (ta’lim tashkilotiga qabul qilinganligi, pensiyaga chiqqanligi, saylab qo‘yiladigan lavozimga saylanganligi va boshqa hollarda) bilan bog‘liq bo‘lgan hollarda ish beruvchi mehnat shartnomasini xodim iltimos qilayotgan muddatda bekor qilishi kerak.

 

Yangiyo`l tuman adliya bo`limi yuridik xizmat

ko`rsatish Markazi bosh yuriskonsulti                                I.Roziqov