Янгиликлар
30
Yuridik universitetdagi 6 oylik qayta tayyorlash kurslarini tugatganlar qayerda ishlashi mumkin?
Yuridik universitetdagi 6 oylik qayta tayyorlash kurslarini tugatganlar qayerda ishlashi mumkin?
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-yanvardagi PQ-2733-son qaroriga 1-ilova “Davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmati to‘g‘risida”gi Nizomning 7-9-bandlariga ko’ra https://lex.uz/docs/-3098964
Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha professional o‘qitish markazida yuridik mutaxassislik bo‘yicha qayta tayyorlash kurslarini tamomlagan va belgilangan namunadagi diplomni olgan shaxslar:
yuriskonsult yordamchisi lavozimida;
yuridik xizmat xodimi yoxud yuriskonsult lavozimida;
yuridik xizmat boshlig‘i lavozimida (yuridik mutaxassislik bo‘yicha kamida 2 yillik ish stajiga ega bo‘lsa) ishlashlari mumkin.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-apreldagi 189-son “Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha tayyorlash tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori 3-bandiga ko’ra https://lex.uz/docs/-5358249
2030-yil 1-yanvardan boshlab xalq ta’limi, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida yuridik fanlardan faqat oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan yoki Markazda pedagogik qayta tayyorlash kurslarini tugatgan va belgilangan namunadagi diplomni olgan oliy ma’lumotli shaxslar dars berish huquqi ega bo‘ladi. Bunda 2030-yil 1-yanvarga qadar xalq ta’limi, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida oliy noyuridik ma’lumotga ega shaxslar tomonidan yuridik fanlardan dars berishda yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlash kurslarini muvaffaqiyatli tugatib, belgilangan namunadagi diplomni olgan shaxslar ustuvorlikka ega bo‘ladi;
oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslarni yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlash kurslarini muvaffaqiyatli tugatib, belgilangan namunadagi diplomni olgan shaxslar tegishli mutaxassislik bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlarning yuridik xizmati bilan bir qatorda fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida ishlash huquqiga ega bo‘ladi.
Ya'ni sodda qilib aytganda, 6 oylik qayta tayyorlash kurslarini bitirib, prokuror, sudya, advokat, notarius va boshqa shu kabi lavozimlarda ishlay olmaysiz.
✅ Faqat yuqorida keltirib o'tilgan lavozimlardagina ishlay olasiz????!
Yuqori Chirchiq tumani YXKM
bosh yuriskonsulti Sh.Abdurahmonov