Янгиликлар
30
Tunda ko’chada yurganlarni PPS olib ketishga haqqi bormi?
Tunda ko’chada yurganlarni PPS olib ketishga haqqi bormi?
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-iyuldagi 399-son “Ichki ishlar organlari patrul-post xizmati faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan 2023-yil 1-yanvardan boshlab ichki ishlar organlari faoliyatiga bosqichma-bosqich “E-patrul” tizimi joriy etilib, fuqaroning shaxsini aniqlash uchun ichki ishlar bo‘limiga olib borish amaliyotidan voz kechildi hamda barcha ma’lumotlar joyida planshet orqali tekshirilib, ichki ishlar organlari patrul-post xizmati xodimlarining faoliyati “bodikamera”dan foydalangan holda amalga oshirilishi yo‘lga qo‘yildi https://lex.uz/docs/-6126561
✅ Patrul-post xizmati saf bo‘linmalari xodimlari quyidagi hollarda fuqarolarni to‘xtatishi va shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar yoki “E-patrul” tizimi orqali ularning shaxsini aniqlashi mumkin:
????shaxs jinoyat yoki ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan yoxud qidiruvda deb gumon qilish uchun asoslar mavjud bo‘lganda;
????shaxsni sodir etilgan jinoyat yoki ma’muriy huquqbuzarlik haqida ma’lumotga ega deb hisoblash mumkin bo‘lganda;
????qonunchilikka muvofiq shaxsni ushlab turish uchun boshqa qonuniy asoslar mavjud bo‘lganda.
❗️Xodim shaxsni to‘xtatib, undan shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishni va “E-patrul” tizimi orqali uning shaxsini aniqlashni talab qilganda shaxsga uni to‘xtatganlik hamda undan shaxsini aniqlash talab etilayotganligi sabablari va asoslarini tushuntirib berishi shart, bundan xizmat doirasidagi ma’lumotlar mustasno.
Yonida shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan fuqaro quyidagi hollarda shaxsiga aniqlik kiritish uchun ichki ishlar organlariga olib boriladi:
????uning shaxsini planshet orqali aniqlash imkoni bo‘lmagan hollarda;
????qidiruvda bo‘lgan yoki bedarak yo‘qolgan shaxslar aniqlangan hollarda;
????shaxsiga aniqlik kiritish jarayonida qarshilik ko‘rsatgan hollarda;
????jamoat joylarida huquqbuzarlik sodir etish vaqtida ushlangan hollarda (joyida ma’muriy bayonnoma tuziladigan hollar bundan mustasno).
⚠️ Demak, PPX xodimlari Sizni istalgan payt ichki ishlar bo’limiga olib keta olmaydi.
❗️Diqqat! PPX xodimlari Sizni to’xtatganda qochmang, baqir-chaqir qilmang, janjal ko’tarmang! O’zingizni bosiq va xushmuomala tuting! Aks holda, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 194-moddasiga ko‘ra Sizni Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslikda ayblab 15 sutkagacha qamashlari ham mumkin (xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa)!
Yuqori Chirchiq tumani YXKM
bosh yuriskonsulti Sh.Abdurahmonov