Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

Xodim intizomga zid harakat qildi. U tushuntirish xati yozishdan bosh tortyapti. Qancha muddatda unga nisbatan dalolatnoma tuzishimiz mumkin. Internetda ikki ish kuni berilib keyin tuziladi deb aytilgan ekan.


Xodim intizomga zid harakat qildi. U tushuntirish xati yozishdan bosh tortyapti. Qancha muddatda unga nisbatan dalolatnoma tuzishimiz mumkin. Internetda ikki ish kuni berilib keyin tuziladi deb aytilgan ekan.
Mehnat kodeksining 314-moddasiga asosan, intizomiy jazo intizomiy qilmish aniqlanganidan keyin darhol, biroq aniqlangan kundan e’tiboran bir oydan kechiktirmay qo‘llaniladi, bunda xodim vaqtincha ishga layoqatsiz bo‘lgan yoki ta’tilda bo‘lgan davr hisobga olinmaydi. Demak xodimingizga bir oyni ichida intizomiy jazo berishingiz mumkin qonunchilik bo'yicha.
Mehnat kodeksining 313-moddasiga asosan, ish beruvchi xodimdan intizomiy jazo chorasi qo‘llanilguniga qadar yozma tushuntirishni talab qilishi shart. Xodimga yozma tushuntirishlar berish imkoniyatini taqdim etish unga o'z manfaatlarini himoya qilishga va intizomiy huquqbuzarlik ayblovlari bo'yicha o'z pozitsiyasini tushuntirishga imkon beradi.

Xodimning yozma tushuntirish taqdim etishni rad etganligi intizomiy jazo chorasi qo‘llanilishi uchun monelik qilmaydi va hozir bo‘lgan guvohlar ko‘rsatilgan holda dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Eng qiziq tomoni holatni dalolatnoma bilan rasmiylashtirish uchun Kodeksda aniq muddat ko'rsatilmagan. Sizga beradigan tavsiyamiz shundan iboratki, agar xodim tushuntirish xati yozishdan bosh tortsa, dalolatnomani darhol tuzish harakatini qiliganingiz ma'qul. Sababi yuqorida ko'rsatilgan bir oylik muddatga rioya qilmaslik xodimni javobgarlikka tortish muddatini o'tkazib qo'yishga asos bo'ladi.
Yuqori Chirchiq tumani YXKM
bosh yuriskonsulti Sh.Abdurahmonov