Янгиликлар
30
Jinoyat kodeksining 168 moddasi 3 qimiga asosan jazo berilib ta’lim tizimida ishlamaslik ta’qiqi qo‘yildi menga. Men 4 yoki 5 oy uzoq muddatli kasallik varakasiga chiqsam. Men bn shartnoma bekor bo‘lishi mumkinmi.
Jinoyat kodeksining 168 moddasi 3 qimiga asosan jazo berilib ta’lim tizimida ishlamaslik ta’qiqi qo‘yildi menga. Men 4 yoki 5 oy uzoq muddatli kasallik varakasiga chiqsam. Men bn shartnoma bekor bo‘lishi mumkinmi.
Jinoyat kodeksining 45-moddasiga asosan, shaxsni muayyan huquqdan mahrum qilish sud tayinlagan muddat davomida aybdorning korxonalar, muassasalar yoki tashkilotlarda u yoki bu mansabni egallashini yoxud u yoki bu faoliyat bilan shug‘ullanishini taqiqlashdan iboratdir. Ana shunday mansab yoki faoliyatning turi sud tomonidan ayblov hukmida ko‘rsatiladi.
Agar sizga ta’lim tizimida ishlashga ta’qiq qo’yilgan bo’lsa, siz bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish beruvchi Mehnat kodeksining 168-moddasi birinchi qismining 3-bandiga (xodim sudning qaysi hukmi bilan avvalgi ishini davom ettirish imkoniyatini istisno etadigan jazoga hukm qilingan bo‘lsa, o‘sha sud hukmining qonuniy kuchga kirganligi) ko‘ra bekor qilishi mumkin.
Agar sudning hukmi Jinoyat-prosessual kodeksi talablari asosida kuchga kirgan bo’lsa, sizning mehnatga layoqatsizlik davrida bo’lganligingiz shartnomani Mehnat kodekdining 168-moddasi birinchi qismi 3-bandi bilan bekor qilinishiga to’sqinlik qilmaydi.
Faqatgina Mehnat kodeksining 163-moddasida ta’qiq mavjud. Unga ko’ra, xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini uning vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davrlarida ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilish (MK 161-modda) taqiqlangan.
Ushbu vaziyatda siz ta’lim sohasida ishlayolmasangiz, boshqa sohalarda bemalol ishlashingiz mumkin. Sud faqat ta’lim sohasiga ta’qiq qo’ygan, boshqa sohalar uchun siz uchun ochiq.
Yuqori Chirchiq tumani YXKM
bosh yuriskonsulti Sh.Abdurahmonov